«Manchester Yunayted» 18 yoshli yarimhimoyachi «Lester» Lui Peyjning transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Peyj APLdan tashqarida eng istiqbolli yosh futbolchilardan biri hisoblanadi. O'tgan mavsumda u Angliya futbol ligasining eng yaxshi yosh futbolchisi deb tan olingan.

Peyj asosiy jamoa safida «Lester» uchun 21 ta o'yin o'tkazdi. O'tgan mavsumda u jamoaning 5 ta o'yinida boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi, ammo jamoa natijada Chempionshipdan chiqib ketdi. Peyjga «Arsenal» va «Aston Villa» ham qiziqish bildirmoqda. Futbolchining bozor qiymati 4 million evroga baholangan.

Oldinroq «Lester»dan boshqa bir iste'dodli futbolchi, 17 yoshli hujumchi Jeremi Monga «Manchester Siti»ga o'tdi.