Hujumchi «Manchester Yunayted» Markuss Reshford klubga «Barselona»dan ijaradan qaytganidan so'ng qolishi mumkin.
Mashhur insayder Fabrizio Romano o'z sahifalarida yozishicha, futbolchi bugun «MYU»ning Karringtondagi trening bazasiga yetib kelgan. Ma'lum bo'lishicha, hujumchiga turk va saudiya klublari qiziqmoqda, ammo u bu variantlarni ko'rib chiqmayapti. «Manchester Yunayted» esa o'z tarbiyalanuvchisini kelgusi mavsumda jamoada qoldirishga tayyor.
O'tgan mavsum Reshford «Barselona»da ijarada o'tkazdi. Kataloniyalik klub ijara muddati tugagach, futbolchini sotib olishga qaror qilmadi.
