«Tottenhem» o'z markaziy himoyachisi Kristiyan Romeroni «Arsenal»ga o'tkazishga niyat qilmayapti.

«Kanonirlar» - bu yozda «shporlar»dan ketishga qaror qilgan argentinalik futbolchiga da'vogarlik qilayotgan jamoalardan biri. Transfer News Live xabariga ko'ra, The Sun nashriga tayanib, Romero «Arsenal»ga o'tishga ochiq, ammo «Tottenhem» o'z kapitani uchun raqobatchiga bermaydi.

Kristiyan Romero uchun asosiy da'vogar Madridning «Atletiko» klubi bo'lib qolmoqda, avval esa Milanning «Inter»iga ham qiziqish bildirilgan edi. Mashhur Transfermarkt portalining mutaxassislari 28 yoshli futbolchining narxini 50 million evro deb baholamoqda.