«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoasi qanday o'ynashi haqida fikr bildirdi.
Ispan murabbiy o'tgan mavsum oxirida o'z lavozimiga tayinlangan. Uning shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.
«Biz o'z yondashuvimizda o'zgaruvchan bo'lishni xohlaymiz. Bizda turli formatlarga moslashadigan o'yinchilar mavjud. Prinsiplar bir xil bo'lib qoladi, lekin harakatlar o'zgarishi mumkin – raqiblarga kutilmagan bo'lishimiz, moslashuvchan bo'lishimiz kerak. Biz bitta g'oyaga yopishib qolishni rejalashtirmayapmiz. Qancha ko'p variantimiz bo'lsa, jamoamiz shuncha yaxshi bo'ladi», – dedi Alonso matbuot anjumanida.
Shanba kuni londondagi jamoa «Milan»ni nazorat o'yinida 3:0 hisobida yengdi, bugun esa «Johor Darul Takzim»ga qarshi o'ynaydi.
