Yarim himoyachi Manor Solomon o'z karerasini «Vest Xem»da davom ettiradi.
Klub «Tottenhem» bilan futbolchining transferi bo'yicha kelishuvga erishdi, deb xabar beradi taniqli insayder Fabrizio Romano. Uning ma'lumotlariga ko'ra, «moltoboychilar» futbolchi uchun besh million funt sterling to'laydi. Yana ikki million turli bonuslar sifatida ko'zda tutilgan. Solomon allaqachon ertaga rejalashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tish uchun ruxsat oldi. Shundan so'ng futbolchi «Vest Xem» bilan uch yillik shartnoma imzolaydi.
Kelishuvda shuningdek, 2030 yil yozigacha uzaytirish opsiyasi ham bo'ladi.
