«Tottenhem» Savinyo o‘tishi bo‘yicha «Manchester Siti» bilan kelishuvga yaqin. Transfer summasi taxminan 70 million evro atrofida bo‘lishi mumkin.

Goal ma'lumotlariga ko‘ra, londondagi klub yaqin kunlarda shartnomani tugatishni va Savinyo jamoaning yozgi transfer oynasidagi yettinchi yangi o‘yinchisi bo‘lishini rejalashtirmoqda.

«Manchester Siti» hozircha o‘tish uchun oxirgi roziligini bermadi, chunki klub avval o‘tayotgan futbolchiga o‘rin bosuvchi topishni xohlaydi.

Shuni ta'kidlash joizki, «shporlar» bu yozda transferlar uchun taxminan 270 million evro sarfladilar.