Yangi qo'shilgan «Arsenal» futbolchisi Bruno Gimaraes, Londondagi klubga o'tgach, 39-raqam ostida o'ynashini tushuntirdi.

- Ushbu raqam men uchun juda muhim. Menda 39 raqami bilan tatuirovka bor. Otam 20 yildan ortiq Braziliyada taksi haydovchisi bo'lib ishlagan. Taksi bizning oilamizga hamma narsani berdi - uy, ovqat, kiyim. Men Braziliyadagi klub bilan shartnoma imzolash imkoniyatiga ega bo'lganimda, otamdan qaysi raqamni olishimni so'radim, u esa: «39» dedi, - deydi Gimaraes «Arsenal» matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

«Arsenal» 8-avgust kuni braziliyalik yarim himoyachining to'liq o'tishi haqida rasmiy e'lon qildi, u bilan to'rt yilga shartnoma imzolandi. Oldinroq matbuotda, transferning narxi «kanonirlar» uchun 90 million yevro atrofida ekanligi xabar qilingan edi.