«Barselona» «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri Ernandesni sotib olishiga ishonmoqda. Bu haqda mashhur insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, kataloniyaliklar birinchi taklifning rad etilishidan keyin panikaga tushmagan. Klubda transfer amalga oshishiga ishonch bor. Yaqin kunlarda «Barselona» «shahar» jamoasiga yaxshilangan taklif yuboradi.

Shuningdek, Rodri o'zining «Manchester Siti» rahbarlariga «Barselona»ga o'tmoqchi ekanligini ma'lum qilgan.

Ispaniyada yangi futbol mavsumi avgust oyining ikkinchi yarmida boshlanadi. Birinchi turda Flickning shogirdlari «Elche»ga qarshi safarda o'ynaydi (23 avgust).

Rodri «Manchester Siti»ni «Barselona»ga o'tish uchun bosim o'tkazmoqda