Mashhur ispaniyalik jurnalist Jera Romeno Ronald Arauho ning «Barselona» dan «Liverpul» ga o'tishi haqida fikr bildirdi.
Juma kuni ma'lum bo'lishicha, klublar urugvaylik futbolchining ijarasi bo'yicha barcha shartlarni kelishib oldilar. Bitim tez orada rasmiylashtiriladi.
«Arauho «Barselona»da qiyin davrni boshdan kechirdi. U o'zini tiklash va yangi boshlanish uchun bir oz tanaffus olishga majbur bo'ldi. U doimiy ravishda ommaviy axborot vositalari va «Barselona» jamiyati tomonidan tanqidga uchrab keldi. Bularning barchasidan so'ng Ronald muhitni o'zgartirish va Premyer-ligada o'zini sinab ko'rishga qaror qildi. Ertaga [bugun] u jamoa do'stlari bilan xayrlashadi», - dedi Romeno.
Ijarada «Liverpul» Arauho ning maoshini to'liq miqdorda to'laydi.
