Mashhur insayder Fabrizio Romano Ronald Arauho'ning «Barselona»dan «Liverpul»ga ijaraga o'tishi haqida fikr bildirdi.
«Qizil»lar 27 yoshli markaziy himoyachining ijarada bo'lgan davrida to'liq maoshini qoplaydi. Urugvaylik futbolchining yillik daromadi juda yuqori (11-12 million evro), shuning uchun bu kelishuv Kataloniya klubi uchun juda muhim, deydi Romano. «Ko'k-qizillar» maosh to'lash xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi va tarkibni kuchaytirishga mablag' sarflash imkoniga ega bo'ladi.
Ronaldo Arauho uchun ijaradan qaytarish imkoniyati ham mavjud bo'lib, «Liverpul» uni mavsum oxirida xohlagan taqdirda faollashtirishi mumkin. O'yinchining o'tishi to'g'risida rasmiy e'lon yaqin orada bo'ladi.
