Markaziy himoyachi «Tottenhem» Krishtian Romero «Barselona»da karerasini davom ettirishni xohlaydi.

28 yoshli futbolchiga asosiy da'vogar Madridning «Atletiko» klubi hisoblanadi, ular transfer ustida faol ishlamoqda. Biroq, jurnalist Alfredo Pedulla xabar berishicha, «shporlar» kapitani uchun kelajak hali hal qilinmagan: argentinalik futbolchi uchun eng maqbul variant «Barselona» bo'lib qolmoqda va kataloniyalik buyuk klub hali ham bu poygada ishtirok etishi mumkin.

Avvalroq Krishtian Romeroni «Inter» klubi qo'lga kiritishga yaqin bo'lgan, ammo shartnoma muammoga duch keldi – «neradzurri» qimmatbaho yangi o'yinchi uchun joy bo'shatish maqsadida hech kimni sotishga muvaffaq bo'lmadi.