Markaziy himoyachi «Barselona»dan Ronald Arauho tez orada «Liverpool» safiga qo'shiladi.

Klub o'rtasida 27 yoshli futbolchini ijaraga olish bo'yicha kelishuvga erishildi. Cadena SER ma'lumotlariga ko'ra, «qizillar» urugvaylik futbolchining barcha maoshini to'laydi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Ronald Arauho hozirgi shartnomasi bo'yicha «Barselona»dan yillik 12 million yevrodan ortiq daromad oladi. Ijara shartnomasiga «Liverpool» o'z ixtiyoriga ko'ra faollashtira oladigan sotib olish huquqi kiritiladi. Markaziy himoyachining joriy bozor qiymati Transfermarkt portalining ekspertlari tomonidan 20 million yevro deb baholanmoqda.