Braziliyalik vinger «Barselona»dan Rafinya Diash Londondagi Tottxemning transfer ro'yxatiga kirdi. Bu ma'lumotni El Nacional tarqatdi.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «shporlar» hujum chizig'ini kuchaytirishni maqsad qilgan va Rafinyani qo'lga kiritishni ko'rib chiqmoqda. Shuningdek, «Tottxem» ro'yxatida Kodi Gakpo ham bor, ammo «Liverpul» bu o'yinchini qo'ldan boy bermaslikka qaror qilgan va transfer bo'yicha muzokaralar o'tkazishni rejalashtirmagan.

Rafinyaga kelsak, o'zining xohishi «Barselona»da qolishdir, shuning uchun ingliz klubiga o'tishi hozircha ehtimoldan yiroq.

O'tgan mavsumda braziliyalik 33 ta o'yinda qatnashib, 21 gol urdi va yetti marta hamkorlariga assistentlik qildi.