Portugaliyalik qanot o'yinchisi «Milan»dan Rafael Leau Angliya Premer-ligasiga o'tishi mumkin.
talkSPORT ma'lumotlariga ko'ra, 27 yoshli futbolchining xizmatlari bir nechta ingliz klublariga, jumladan «Lids», «Manchester Yunayted» va «Arsenal»ga taklif etilgan. Leau Angliyaga ko'chish variantini ko'rib chiqmoqda, ammo hozircha APLning hech bir vakili «Milan»ga taklif yuborishi ehtimoli past.
Shuningdek, portugaliyalik futbolchiga «Galatasaray» va «Fenerbahce»dan ham qiziqish mavjudligi ta'kidlangan.
2025/26 yilgi mavsumda Leau barcha turnirlarda 31 marta maydonga tushdi. Ushbu davrda hujumchi o'n gol urdi va uch assist berdi.
