«Manchester Siti» ispaniyalik yarim himoyachi Rodri Ernandesni «Barselona»ga qancha pulga yuborishga tayyor ekanligi ma'lum bo'ldi.
Insayder Nikolo Skira xabar berishicha, «shaharchilar» 30 yoshli «Oltin to'p» sohibi uchun taxminan 60-70 million evro talab qilmoqdalar. Shuningdek, futbolchining o'zi allaqachon «Barselona» bilan shaxsiy shartnoma shartlari to'g'risida kelishib olgan. Avvalroq u «Real»ga o'tishdan bosh tortgan edi.
O'tgan mavsumda Rodri barcha musobaqalarda 33 uchrashuvda ishtirok etib, ikki gol urdi.
Avvalroq xabar berilganidek, «Barselona» Rodri uchun 45 million evrodan ko'proq pul to'lashga tayyor edi.
