«Nyukasl» afsonasi Alan Shirer, yarim himoyachi Bruno Gimarayesning Londondagi «Arsenal»ga o‘tishi haqida o‘z fikrini bildirdi.
Transfer to‘liq tasdiqlangan, braziliyalik futbolchi allaqachon tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va «kanonirlar» bilan shartnoma imzolagan. Tez orada bu bitim haqida rasmiy ravishda e’lon qilinadi.
«Arsenal» yuqori darajadagi futbolchini qo‘lga kiritmoqda, bunda shubha yo‘q. Gimarayes bosim ostida to‘p bilan juda ishonchli harakat qiladi, kesuvchi pas berishga qodir. U ishga jiddiy yondashadi – buni «Nyukasl»da ko‘rdik. Umuman olganda, u «Arsenal»ni albatta kuchaytiradi. O‘ylaymanki, Edegor, Rays va Bruno bilan ular dunyodagi eng kuchli o‘rta maydonlardan biriga ega bo‘ladi», – deydi Shirer Arsenal News Channelga.
Gimarayesning transfer narxi 87 million evrodan oshishi taxmin qilinmoqda.
