Braziliyalik yarim himoyachi Bruno Gimaraes «Nyukasl»dan Londonning «Arsenal» klubiga o'tdi. Ushbu ma'lumotni mashhur insayder Fabrizio Romano e'lon qildi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 28 yoshli yarim himoyachi muvaffaqiyatli tibbiy ko'rikdan o'tdi va «kanonirlar» bilan mehnat shartnomasini imzoladi. Rasmiy xabar yaqin kunlarda e'lon qilinishi kutilmoqda.
Oldinroq, Gimaraesning xarid narxi «Arsenal»ga deyarli 90 million evroga tushishi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.
O'tgan mavsumda yarim himoyachi «Nyukasl» tarkibida 41 uchrashuvda qatnashib, to'qqiz gol urdi va yetti golli uzatmani amalga oshirdi.
