«Lids» rasmiy ravishda «Manchester Siti»dan darvozabon James Traffordni sotib oldi. Ingliz darvozaboni klub bilan 5 yil muddatga shartnoma imzoladi.

Sky Sports ma'lumotlariga ko'ra, transfer summasi taxminan 46,4 million evroni tashkil etdi, bonuslarni hisobga olmaganda. Ushbu transfer «Lids» tarixidagi rekord bo'lib, ingliz darvozaboni uchun eng qimmat o'tish hisoblanadi.

Klubning avvalgi rekordli xaridi 2023 yil yanvarida «Hoffenhaym»dan Jorjino Ryutterni sotib olish bo'lgan. O'shanda «Lids» fransuz hujumchisi uchun taxminan 41,2 million evro to'lagan edi.

O'tgan mavsumda Trafford «Manchester Siti» uchun 17 ta o'yin o'tkazdi, ulardan 8 tasida darvozasi daxlsiz o'ynadi. Traffordning o'tishi bilan «Lids»ning joriy transfer oynasidagi xarajatlari 81 million evrodan oshdi.