«Manchester Siti» yangi darvozabon sifatida «Marsel»dan Xeronimo Rulini qo‘lga kiritishga yaqinlashdi.

Bu haqda taniqli insayder Fabrizio Romano o‘z sahifalarida xabar berdi. Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, ingliz va fransuz klublari o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tmoqda va tomonlar kelishuvga yaqinlashmoqda.

Avvalroq «Manchester Siti» Ruliga ikki million evro taklif qilgani va darvozabonni «Lids»ga o‘tadigan Jeyms Traford o‘rniga ko‘rishi haqida ma'lumotlar bo‘lgan. «Shahar»ning asosiy darvozaboni italiyalik Djanluiji Donnarumma bo‘lib qoladi.

Rulining «Marsel» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha davom etadi va uning bahosi olti million evroga tenglanmoqda.