Markaziy himoyachi «Tottenhem»dan Kristian Romero ning milanlik «Inter»ga o‘tishi to‘g‘risidagi transfer kelishuvi xavf ostida qolmoqda.

«Nerazzurri» transfer shartlarini og‘zaki kelishib oldilar, ammo o‘z o‘yinchilaridan birini sotmagan holda transferni yakunlay olmayaptilar. Insider Fabrizio Romano ma'lumotlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda vaziyat yaxshilanishi o‘rniga, hali ham muzlatilgan holda qolmoqda. Benjamen Pavard, Kristian Asllani va Davide Frattesi ketishi masalasi hal qilinmagan, bu esa kechikishlarga sabab bo‘lmoqda.

Kristian Romeroni «Inter»dan tortib olishga Madridning «Atletiko» klubi urinish qilmoqda, ular 28 yoshli «shporlar» sardorini qo‘lga kiritish ustida ishlamoqda.