Mashhur britaniyalik jurnalist va teleboshlovchi Pirs Morgan Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Viniyus Juniorni Londonning «Arsenal» jamoasiga o'tishga chaqirdi.
- Keling, Vini! «Arsenal»da sen haqiqiy xudoga aylanishing mumkin, - deb yozdi Morgan o'z ijtimoiy tarmoqlarida.
Oldinroq xabar berilganidek, «Arsenal» 26 yoshli futbolchi uchun «Real»ga 100 million evro kafolatlangan to'lovlar va yana 20 million evro bonus taklif qilmoqchi. Viniyusga esa «kanonirlar» yiliga 22 million evro maosh to'lashga tayyor.
Viniyus 2018 yildan beri «Real»da o'ynaydi. U Madrid jamoasi safida 375 o'yinda maydonga tushib, 128 gol urdi va 100 golli uzatmalar berdi.
