Angliya Premer-ligasining klubi yarim himoyachi Aleksandar Stankovich uchun taklif berdi. «Brentford» Stankovich uchun 40 million yevro taklif qilganini La Gazzetta dello Sport xabar qilmoqda. Biroq, «Inter» bu taklifga rad javobini berdi. 21 yoshli futbolchi ham «Brentford»ga o'tishga qiziqish bildirmadi.

2025/2026 yilgi mavsumda Aleksandar Stankovich «Bryugge»da o'ynab, yuqori darajada o'yin ko'rsatdi. Bu yozda «Inter» o'z tarbiyalanuvchisini qaytarish huquqidan foydalandilar.

Aleksandar Stankovich – Dejan Stankovichning o'g'li. Aleksandar Serbiya terma jamoasi safida sakkizta o'yin o'tkazgan.