«Manchester City» Savinyo klubdan ketishi mumkinligi bilan bog‘liq variantni ko‘rib chiqmoqda. Bu yozda «Shaharliklar»ga yangi qanot o‘yinchisi kerak bo‘lishi mumkin va klub «Chelsi»dan Pedru Netu ni kuzatmoqda.

Muallifitetli jurnalist Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berganidek, «Manchester City» allaqachon Netu ning vakillari bilan bevosita bog‘langan. Portugaliyalik futbolchining o‘tishi bo‘yicha muzokaralar boshlandi.

Pedru Netu «Chelsi»da 103 ta rasmiy o‘yinda qatnashdi. U bu o‘yinlarda 14 ta gol urdi va 27 ta golli uzatmalar berdi.

Avvalroq 26 yoshli Netu «Chelsi»ga qaytib, mashg‘ulotlarga kirishdi.