«Chelsi» o'z tarkibini kuchaytirish imkoniyatlarini o'rganmoqda. Goal portali The Independent'ga tayanib xabar berishicha, «pensiyonerlar» «Real» va «Atletiko» bilan «Arsenal»dan Martin Subimendini qo'lga kiritish uchun raqobatlashishga tayyor.
Subimendi «Arsenal»dan qishki transfer oynasida ketishi mumkin, chunki uning Mikel Arteta jamoasidagi roli sezilarli darajada kamaydi.
Manba shuni ham ta'kidlaydi-ki, «Arsenal» 27 yoshli Martin Subimendini 70 million evro miqdoridagi transfer xarajatlarini qoplamasdan qo'yib yubormaydi.
Yozda Subimendi Ispaniya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo'ldi.
