Italiyaning «Yuventus» jamoasining qanot himoyachisi Andrea Kambyaso bir nechta evropalik klublarning e'tiborida.
TuttoJuve ma'lumotlariga ko'ra, 26 yoshli futbolchini «Manchester Yunayted» va «Liverpul» klublari sotib olishga qiziqmoqda. Ikkala klub ham himoyachini «Barselona»dan o'zlashtirish uchun kurashga tayyor, chunki «Barselona» uni qishki transfer oynasida 20-25 million evro taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Joriy mavsumda Kambyaso barcha musobaqalarda o'n uchrashuvda ishtirok etdi va ikki gol uzatmasini amalga oshirdi.
Kambyasoning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyun oyigacha davom etadi.
«Barselona» o'z o'yinchisini «Yuventus» himoyachisi bilan almashishi mumkin
