Londonning «Arsenal» klubidan ikki futbolchi qishki transfer oynasida ketishi mumkin. Bu haqda Ispaniyaning Diario AS gazetasi xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, «kanonirlar» yarim himoyachi Mikel Merino va hujumchi Viktor D'yokeresni sotish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda. «Arsenal» transferlar orqali moliyaviy fair-play ko'rsatkichlarini yaxshilash va yangi xaridlar uchun mablag' to'plashni maqsad qilgan. Ehtimol, futbolchilardan biri yanvarda, boshqasi esa kelasi yozda klubni tark etishi mumkin.
O'n turdan so'ng «Arsenal» Angliya Premer-ligasida 27 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda.
«Arsenal» uchta muhim futbolchi bilan shartnomalarni uzaytirishga yaqin
