Flank himoyachisi Yan Matsen yaqin kunlarda «Aston Villa» bilan mehnat shartnomasini uzaytirishi kutilmoqda. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
Xabarlarga ko'ra, klub gollandiyalik futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirish bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan. Bitim yakunlanishga yaqin. «Aston Villa»ning bunday harakati himoyachiga «Manchester Yunayted» tomonidan jiddiy qiziqish bildirilgani bilan bog'liq.
Hozirgi mavsumda Matsen Luka Dinya ketganidan so'ng asosiy tarkib o'yinchisi bo'lib qoldi. 24 yoshli futbolchining hisobida 11 marta maydonga tushish va uchta sariq kartochka mavjud.
Matsenning «Aston Villa» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning o'rtalarigacha davom etadi.
