«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karriqning kelajagi tez orada aniqlanadi.

Klubda ingliz mutaxassisi bilan hamkorlikni davom ettirish yoki to'xtatish masalasi haligacha ko'rib chiqilmoqda. Jurnalist Tayron Marshallning xabariga ko'ra, oxirgi qaror shu hafta ichida qabul qilinadi. O'rinbosar sifatida Yulian Nagelsmann, Eddi Hau va Maurisio Pocettino ko'rib chiqilmoqda.

«Qizil iblislar» Premier-ligada 10 turdan so'ng 8 ochko bilan 18-o'rinda turibdi. Xalqaro tanaffusdan oldin jamoa «Aston Villa»ga qarshi o'yinda (4:4) oxirgi daqiqalarda ikki gol urib, mag'lubiyatdan qutuldi.