«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karriq Angliya chempionatidagi «Aston Villa» bilan o‘yinning oxirida nimalarga umid qilganini aytib berdi.
Uchrashuv 4:4 hisobida durang bilan yakunlandi.
- Nima o‘yladim? Agar biz bir gol uradigan bo‘lsak, keyin hamma narsa bo‘lishi mumkin. Biz hech qachon taslim bo‘lmadik va ishonchimizni yo‘qotmadik, - dedi Karriq.
«Manchester Yunayted» ikki to‘p farqi bilan ortda qolayotgan bo‘lsa-da, mag‘lubiyatdan qochdi. 92-daqiqada Joshua Zirkzee oradagi farqni qisqartirdi, 96-daqiqada esa Patrik Dorgu hisobni tenglashtirdi.
Karriq jamoasi 8 ochko bilan APL turnir jadvalida 18-o‘rinda turibdi.
