Yarim himoyachi Florian Virts «Kristal Pelas» ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. 10-tur uchrashuvi APL 3:1 hisobida yakunlandi.
«Bu biz tomondan yaxshi o‘yin bo‘ldi. Biz raqib darvozasi oldida samarali bo‘ldik. Bizda ko‘p xavfli vaziyatlar bo‘lmadi... Balki bo‘lgandir, bilmayman, lekin menga ozdek tuyuldi. Biz yaxshi himoyalandik, shuning uchun bu yaxshi jamoaviy o‘yin edi», - deydi Virts Goalga.
O‘yinchi shuningdek, 40-daqiqada Aleksis Mak Allister tomonidan kiritilgan birinchi golning ahamiyatini ta'kidlab o‘tdi.
«Bu juda muhim edi, ayniqsa raqibning goli bekor qilinganidan so‘ng. Biz tanaffus oldidan yaxshi turtki oldik. Shundan keyin o‘ynash biroz osonlashdi va o‘yin yanada ochiq bo‘ldi».
Virts o‘zining goli haqida ham gapirdi.
«Bradli Barkolning bo‘sh joyga ajoyib uzatmasi. Murabbiy doimo bizga hujumlarga qo‘shilishimiz va jarima maydoniga kirishimizni aytardi. O‘ylaymanki, u yerda uchta o‘yinchimiz bor edi. Yaxshiyamki, to‘p menga keldi va men gol urishim mumkin bo‘ldi».
«Liverpul» 18 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda turibdi.
