Shanba kuni kechqurun «Manchester Siti» «Nottingem Forest»ga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Ushbu g'alaba natijasida «o'rmonchilar» 16-o'ringa ko'tarildilar.

Qiziq tomoni shundaki, bu natija «Manchester Yunayted»ni chiqish zonasiga yubordi. Maykl Karriq boshqaruvidagi jamoa hozirda Angliya chempionatida 18-o'rinda joylashgan.

O'ninchi turda «Manchester Yunayted» 8-noyabr, yakshanba kuni «Aston Villa»ga qarshi o'z maydonida, «Old Trafford»da o'yin o'tkazadi. «Qizil iblislar» chiqish zonasidan chiqish imkoniyatiga ega bo'lishadi.