16 yoshli Dey-Jey Gabriele o'zining «Manchester Yunayted»dan Madridning «Real»iga o'tishi oldidan orzusi haqida gapirib berdi.
Angliyalik futbolchi «qizil iblislar»ning bazasini tark etib, Madridga yetib keldi va mashhur «Marca» gazetasining jurnalistlari bilan suhbatlashdi.
«Mening orzum – «Zolotoy myach»ni qo'lga kiritish», – dedi «oq-qora»lar kelajakdagi yangi o'yinchisi intervyusida.
«Real» tez orada Dey-Jey Gabriele bilan shartnoma imzolash jarayonini yakunlaydi. Dastlab, umidli yangi o'yinchi Ispaniyaning katta klubining ikkinchi jamoasida tajriba to'playdi. Futbolchiga «Barselona», «Bavariya», «PSJ» va boshqa yevropalik yirik klublar ham qiziqish bildirgan.
