«Manchester Yunayted»ning bosh murabbiyi Maykl Karriq jamoasining «Roma» ustidan qozongan g‘alobasi Chempionlar ligasining asosiy bosqichidagi to‘rtinchi turida juda ko‘p ijobiy hissiyotlar keltirganini tan oldi, ammo bu g‘alabani ortiqcha baholamaslik kerakligini ta’kidladi.
Karriqning so‘zlariga ko‘ra, «MYu» bu mavsumda futbolchilarni maqtash uchun hali hech narsaga erishmagan.
«Seshanba kechasi juda ajoyib bo‘ldi, ammo endi bu muvaffaqiyatni davom ettira olishimizga bog‘liq. Biz uchun bu yaxshi kecha bo‘ldi, ammo hali hech narsaga erishilmadi — bu faqat oldinga siljish uchun foydalanishimiz kerak bo‘lgan bir lahza», - deya Karriqning so‘zlarini keltirmoqda Fabrizio Romano.
«MYu» uchrashuv davomida 0:2 hisobida ortda qolgan edi, ammo oxirida uch ochko qo‘lga kiritdi (3:2). APLda jamoa yetti ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda.
