«Manchester Siti»ning bosh murabbiyi Enzo Mareska Phil Fodenning noyabr oyidagi o'yinlarda Angliya terma jamoasida yo'qligi haqida fikr bildirdi.

- Nima uchun uni Angliya terma jamoasiga kiritmaganini bilmayman. Lekin biz Fildan mamnunmiz. U ko'proq narsaga qodirligini tushunamiz. Mening vazifam - uni asta-sekin eski darajasiga qaytarish. U yana qaytadi va eng yaxshilaridan biriga aylanadi, - deya Mareska so'zlarini keltirmoqda The Touchline.

Foden Angliya terma jamoasi ro'yxatiga Xorvatiya va Ispaniyaga qarshi o'yinlar uchun kiritilmagan. O'yinlar 12 va 15 noyabr kunlari bo'lib o'tadi.

Foden joriy mavsumda APLda yetti o'yinda bitta gol urdi va ikki assist berdi. Chempionlar ligasida esa uchta gol va bitta assistga ega.