Londonning Chelsi klubi qishki transfer oynasida o'ng qanot himoyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Xuan Xesus xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Chelsi uchun ustuvor variant Real himoyachisi Trent Aleksander-Arnold. Biroq, agar Chelsi Trentni qo'lga kiritolmasa, klub Jul Koundega e'tibor qaratadi.

Ushbu mavsumda Trent faqat sakkizta o'yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Kounde ham sakkizta o'yinda ishtirok etib, bitta gol urdi va bitta assist qildi.

O'n turdan so'ng Chelsi APL jadvalida to'rtinchi o'rinda bo'lib, 16 ochkoga ega.