Londonning «Arsenal» jamoasi 14 yildan so'ng birinchi marta «Enfild»da g'alaba qozondi. «Kanonirlar» minimal hisobda Kai Havertzning goli evaziga «Liverpul»ni mag'lub etishdi. Poytaxt jamoasining muvaffaqiyatini nemis futbolchisiga golli uzatmani amalga oshirgan markaziy yarim himoyachi Deklan Rays sharhladi.
«Biz o'yinni juda yaxshi boshladik, ammo keyinchalik o'yin jarayonini yaxshiroq nazorat qila olardik. «Liverpul»ning kuchli hujumini hisobga olgan holda, bu oson bo'lmasligini bilardik. Biz, o'z navbatimizda, raqib darvozasi oldida vaziyatlarni yaxshiroq amalga oshirishi mumkin edik», - dedi Rays Sky Sportsga bergan intervyusida.
To'qqizinchi turdan so'ng «Arsenal» Angliya Premer-ligasining yakka rahbari bo'lib qoldi. Mikel Arteta jamoasining hisobida 24 ochko mavjud.
