Munxenning «Bavariya» yarim himoyachisi Lennart Karlning karyerasini Tumanli Albionda davom ettirish imkoniyati bor, deb xabar beradi Teamtalk.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 18 yoshli yarim himoyachiga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda. Biroq, nemis klubi o'z iste'dodini ingliz klubiga yuborishni rejalashtirmayapti.
Karl 2025-yildan beri «Bavariya»ning asosiy jamoasida o'ynaydi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2029-yilning iyun oyida tugaydi va uning transfer narxi 60 million evroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda Germaniya chempionatida Lennart yetti o'yinda qatnashib, bitta gol urdi.
