Angliya chempionatining navbatdagi, to'qqizinchi turida sensatsiya yuz berdi - «Manchester Siti» yana bir bor, ikkinchi marta ketma-ket mag'lub bo'ldi. Enzo Mareska boshqaruvidagi jamoa dastlabki yetti o'yinda g'alaba qozonganidan so'ng, endi ikki marta ketma-ket yutqazdi.

Bu safar mag'lubiyat uyda «Brayton»ga qarshi yuz berdi. O'yin boshida Yasir Ayari tomonidan kiritilgan gol hammasini hal qildi.

Ma'lum bo'lishicha, «shahar aholisi» «Brayton»ga uyda APL tarixida birinchi marta mag'lub bo'lishdi. O'tgan yili ularning «Etihad» stadionida o'tkazilgan o'yin 1:1 hisobida tugagan edi.

Keyingi turda jamoa «Nottinngem Forest»ga qarshi o'yin o'tkazadi.