«Barselona» himoyachisi Jul Kunde «Chelsi»ning qishki transfer oynasidagi asosiy maqsadi bo'lib qolmoqda.
The Touchline xabariga ko'ra, yangi markaziy himoyachini taklif qilishni bosh murabbiy Xabi Alonso boshlagan. Ispan mutaxassisi jamoaga tajriba va sifat qo'shadigan futbolchini olishni rejalashtirmoqda. Jamoani kuchaytirish zaruriyati «Liverpul»ga qarshi o'yinda orqa mushagidan jarohat olgan Maksans Lakruaning jarohati tufayli ayniqsa dolzarb bo'lib qoldi.
Kunde 2022-yildan beri kataloniyaliklar safida. Uning klub bilan shartnomasi 2030-yilgacha davom etadi va uning bozor qiymati 55 million evroga baholanmoqda.
