Himoya flangida o'ynaydigan «Yuventus» futbolchisi Andrea Kambyaso Londondagi «Tottenhem»da karerasini davom ettirishi mumkin. Buni Calciomercato xabar qilmoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «shporlar» 26 yoshli italiyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda va uning transferini amalga oshirishni niyat qilmoqda. Biroq, Turin klubi talab qilayotgan 30-40 million evro miqdoridagi narx kelishuvni qiyinlashtirmoqda.

Joriy mavsumda Kambyaso barcha musobaqalarda sakkiz uchrashuvda qatnashdi va bir assist berdi. Himoyachining «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyunigacha davom etadi.