Yulduzli qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold yanvar oyidagi transfer oynasida madridning Real klubini tark etishi mumkin, deb xabar bermoqda Cadena Ser.

Jurnalistlarning ma'lum qilishicha, ingliz futbolchisini uning sobiq klubi – Liverpul qaytarishni rejalashtirmoqda. Merseysaydliklar himoyachini qo'lga kiritish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda va uning vakillari bilan dastlabki muzokaralarni boshlashdi. «Qizillar» Ttrentni ijaraga olishni o'ylashmoqda.

Aleksander-Arnold «Liverpul» akademiyasining bitiruvchisi hisoblanadi. U o‘tgan yili jamoani tark etgan.

28 yoshli futbolchining «Real» bilan shartnomasi 2031 yilning iyun oyigacha davom etadi. Uning bozor qiymati 60 million evroni tashkil etadi.