Maykl Karriyk yaqin kelajakda «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi lavozimini tark etmaydi. Jurnalist Ben Jeykobsning ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga ko'ra, Karriykka vaziyatni yaxshilash uchun vaqt beriladi. Hozirda «qizil iblislar» o'z trening jarayonlarini odatdagi tartibda o'tkazmoqda.

Karriyk jamoani «Chelsi»ga qarshi mehmonlikda bo'ladigan Premyer-liga o'yiga tayyorlaydi. «Manchester Yunayted»dan oxirgi muvaffaqiyatsizliklarga munosib javob kutmoqda.

Hozirda «Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasi reytingida 16-o'rinda turibdi.

«Chelsi» - «Manchester Yunayted» o'yini 31-oktabr, shanba kuni bo'lib o'tadi.