«Zolotoy myach» mukofotini topshirish marosimining natijalari e'lon qilinmoqda. Eng yaxshi 30 talikda Sadio Mane (30-o'rin, «Al-Nasr»), Vilyam Saliba (29-o'rin, «Arsenal»), Xulian Kinyones (28-o'rin, «Al-Qadisiya») joylashdi.
«Manchester Yunayted» va Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bruno Fernandes 27-o'rinda. 26-o'rinda Myunxenning «Bavariya» klubi himoyachisi Dayo Upamekano turibdi.
«Zolotoy myach» mukofotini topshirishning 70-yilligi 26-oktabr kuni Londonda bo'lib o'tmoqda. Bu tarixda Parijdan tashqarida o'tkazilayotgan birinchi marosimdir. Ushbu obro'li mukofotning hozirgi egasi «PSJ» hujumchisi Usmon Dembele.
