«Manchester Siti» himoyachisi Riko Lyuis qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 21 yoshli futbolchini o'yin vaqtining yetarli emasligi qoniqtirmayapti, shuning uchun u muntazam o'yin amaliyoti izlash maqsadida jamoasini tark etishni so'rashi mumkin. Himoyachiga bir nechta Angliya Premer Ligasi klublari qiziqish bildirmoqda.

Hozirgi mavsumda Lyuis barcha musobaqalarda beshta o'yinda qatnashdi va ikki assist muallifi bo'ldi. 

Angliyalik futbolchining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha davom etadi. Transfermarkt baholariga ko'ra, futbolchining qiymati 25 million evrodir.