Londondagi «Arsenal» yanvar transfer oynasidan oldin Madridning Atletiko hujumchisi Xulian Alvares bilan muzokaralarni davom ettirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Daily Briefing xabar bermoqda.

«Kanonirlar» argentinalik hujumchini xarid qilishga juda qiziqmoqda. Shuningdek, Alvares yana bir yevropalik ulkan klub - Kataloniyaning «Barselona» tomonidan ham kuzatilmoqda.

Yulduz futbolchining transfer narxi 110 million evrodir. 

Hozirgi mavsumda Ispaniyaning La Ligasida 26 yoshli hujumchi olti o'yinda maydonga tushib, bir gol urdi va bir assist berdi.