«Manchester Siti» kapitani Ruben Dias «Aston Villa»ga qarshi olingan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.

- Bu juda achinarli, chunki biz juda ko'p kurashdik. Birinchi bo'limning dastlabki 10-15 daqiqasida o'yinga kirishishimiz uchun vaqt kerak bo'ldi. Ular maydondagi joylashuvlarini o'zgartirdilar, shuning uchun biz moslashishga majbur bo'ldik. Lekin biz kurashdik, vaziyatlar yaratdik, raqib esa ikkita golni ikkita tezkor hujumdan kiritdi. Juda samarali. Bizda yaxshilanish uchun joy bor, yanada yaxshi o'ynashimiz kerak, - dedi Dias.

24 oktyabrda bo'lib o'tgan APLning sakkizinchi turidagi uchrashuv Birmingham jamoasining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. «Shahar» uchun bu mag'lubiyat joriy Angliya chempionatida birinchi bo'ldi.