Hujumchi Joao Pedro «Chelsi»ning «Tottenhem»ga qarshi o'yin ro'yxatida yo'q. Bu kutilmagan holat bo'ldi, chunki avvalgi o'yinda «Everton»ga qarshi braziliyalik futbolchi maydonda 90 daqiqa o'tkazdi.
Standard Sport xabariga ko'ra, Pedro «Chelsi» ro'yxatida yo'qligi sababini jarohat bilan bog'liq. Hozirda 25 yoshli futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tmoqda.
2026/2027 mavsumida Joao Pedro yetti o'yinda maydonga tushib, beshta gol va uchta assist qayd etdi.
«Chelsi» va «Tottenhem» o'yinini batafsil matnli translyatsiya orqali kuzatishingiz mumkin, uni LiveResult portali olib boradi.
