«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta «Everton»ga qarshi (2:0) o'yinidan so'ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi. O'yin Angliya chempionatining sakkizinchi turida bo'lib o'tdi.
«Men juda mamnunman. Biz boshlang'ich tarkibda 5 ta o'zgarish qildik. 6 kunga yetmay 3 ta o'yin o'tkazdik, shuning uchun bu o'yin qanchalik qiyin bo'lishini tushunardik. Ammo, mening fikrimcha, jamoa juda yaxshi o'ynadi. Birinchi daqiqalardan boshlab faol harakat qildik va raqibga jiddiy bosim o'tkazdik», - deydi Arteta BBCga.
«Biz har doim hujumlarni tugatishga muvaffaq bo'lmadik, lekin standart holatdan gol urdik - bu mavsumda birinchi marta. Ushbu gol bizga ishonch berdi va o'yinni tinchroq nazorat qilishga imkon berdi. Biroq, ikkinchi golgacha o'yin natijasi ochiq qolayotganini tushundik».
«Arsenal» 21 ochko to'pladi va turnir jadvalida ikkinchi o'rinda turibdi. Shuncha ochko «Manchester Siti»da ham mavjud.
