«Everton» bosh murabbiyi Devid Moyes «Arsenal»ga qarshi (0:2) o'yindan so'ng matbuot anjumanida chiqish qildi. Ushbu uchrashuv APLning 8-turida bo'lib o'tdi.
«Umuman olganda, yaxshi o'ynadik. Bizda yaxshi imkoniyatlar bo'ldi, lekin bu yetarli emas edi. Biz vaziyatni murakkablashtirdik, o'yin boshida gol o'tkazib yubordik. Erta gol «Arsenal»ga ustunlik berib, uni saqlab qolish va hisobga qarab o'ynash imkonini berdi. Biz ko'p narsalarni yaxshi bajardik, lekin muhim daqiqalarda o'zimizni tutolmadik», - deydi murabbiy BBCga.
«Chelsi» va «Arsenal» bilan o'yinlardan olingan saboqlar haqida:
«Biz ikkala jamoaga qarshi kurash olib borishga qodirmiz. Ushbu o'yinlarda bizni mag'lubiyatga uchratishmadi. Hozircha bizda biroz yetishmayapti, va buni tushunamiz. Lekin umuman olganda, ikkala o'yinda ham to'liq kuchimizni sarflashga harakat qildik, va buni bajardik deb o'ylayman. Bugun biz xohlaganimizdek yaxshi o'ynamadik, lekin baribir maksimal harakat qildik».
«Everton» 10 ochko bilan to'qqizinchi o'rinda turibdi.
