Fransuz qanot himoyachisi Malo Gusto Londondagi «Chelsi»ni tark etishi mumkin, bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.

Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, inglizning yuqori darajadagi klubi o'yinchini sotish takliflarini ko'rib chiqishga tayyor. Vaziyatni «Bavariya», «Liverpul», «PSJ», «Atletiko» va «Tottenxem» kuzatmoqda.

23 yoshli lateral «pensionerlar» safini 2023 yil yanvarida to'ldirdi. Himoyachi Londondagi klub bilan yetti yillik shartnoma imzolagan. Transfermarkt portali ekspertlari uning bozor qiymatini 35 million evro deb baholamoqda.